Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Bugun O‘zbekiston Respublikasi bilan Fransiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. 

"> O‘zbekiston-Fransiya hamkorligiga 30 yil to‘ldi - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

O‘zbekiston-Fransiya hamkorligiga 30 yil to‘ldi



Bugun O‘zbekiston Respublikasi bilan Fransiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Fransiya Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 3-yanvarda tan oldi, 1992-yil 1-martda esa ikki davlat oʻrtasida protokol imzolanib, diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. Diplomatik munosabatlarning 30 yilligi munosabati bilan Parij shahridagi Luvr muzeyida “Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida” nomli ko‘rgazma tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda. Ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning qadimiy tarixiga oid buyumlar namoyish etiladi.