Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston 16 martdan xorijiy sayyohlarga ochilmoqda! - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

O‘zbekiston 16 martdan xorijiy sayyohlarga ochilmoqda!



Xorijiy mamlakatlar bilan turistik oqimni tezkor tiklash maqsadida, Respublika komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2022 yilning 16 mart kunidan boshlab O‘zbekistonda:

• Tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lgan xorij fuqarolari PZR test natijasisiz O‘zbekistonga kirishi mumkin. Bunday sertifikat yo pasportga ega bo‘lmagan taqdirda, respublikaga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test bo‘yicha manfiy natijali maʼlumotnomaga ega bo‘lishi (elektron QR-kod), yoki chegara o‘tish punktlarida ekspress-antigen test topshirishi kerak bo‘ladi;

• O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan chegarasida joylashgan o‘tkazish punktlari orqali Tomonlar fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi hamda barcha o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanmoqda.

•  O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimi (E-VISA) faoliyati qayta tiklanib, ishga tushirilmoqda.

Bundan tashqari, xorijiy davlatlardan kelayotgan sayyohlarga tezkor va sifatli maʼlumot almashinuvi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish maqsadida TIVning Call markazini yo‘lga qo‘yishga oid topshiriq berildi.