
Oʻzbekiston Respublikasi “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyildi.
Mazkur Qonunning 11-moddasida qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida fuqarolar qonun loyihalari boʻyicha oʻz fikrini erkin bildirish huquqiga ega ekanligi belgilangan.
Shundan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun 25-iyun kuni “Xalq soʻzi” va «Narodnoye slovo» gazetalarida hamda Meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasida eʼlon qilindi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflaringizni Meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasi, 1341 qisqa raqami, taklif@meningkonstitutsiyam.uz va taklif@2022.uz elektron pochta manzillari orqali hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Toshkent shahri, Bunyodkor shoh koʻchasi, 1-uy manzili boʻyicha yuborishingiz yoki bevosita kelgan holda taqdim etishingiz mumkin.
Mazkur jarayonda faol ishtirok etishga chaqiramiz.