
- O‘zbekiston strategik jihatdan muhim mintaqada joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi eng yirik davlat hisoblanadi. So‘nggi yillarda respublika rahbariyati mintaqa davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga, shuningdek, mamlakatdagi ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni rivojlantirishga qaratilgan muhim islohotlarni amalga oshirdi.
Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha rejalashtirilgan islohotlar mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning asosidir. O‘zbekiston Bosh qomusiga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning asosiy qismi xususiy mulkni himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy negizini yana-da mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalariga dahldordir.
Men ekologik inson huquqlari, mamlakat aholisining hozirgi va kelajak avlodlarining qulay muhitga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslar dunyodagi global isish va iqlim o‘zgarishi sharoitida dolzarb, deb hisoblayman.
Tegishli qonun loyihasining umumxalq muhokamasiga taqdim etilishi, shuningdek, taklif etilayotgan islohotlar yuzasidan xalqning fikrlarini inobatga olish imkonini beradigan referendum o‘tkazilishini olqishlayman.