Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Gandbolchi qizlarimiz “Paris World Games”da guruh bosqichi g‘olibligiga erishdi - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

Gandbolchi qizlarimiz “Paris World Games”da guruh bosqichi g‘olibligiga erishdi



Fransiyada qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tayotgan “Paris World Games” o‘yinlarining guruh bosqichida hamyurtlarimiz yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

Kecha O‘zbekiston U-18 terma jamoasi guruhdagi asosiy raqiblaridan biri sanalgan  “Dole-Choussin” (Fransiya) bilan ro‘baro‘ keldi.  

Guruhda har ikki jamoada ham 2 ochko mavjudligi uchrashuvning har jihatdan murosasiz kechishini ta’minladi.  

Shiddatli o‘tgan o‘yinda hamyurtlarimiz g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etdi va fransiyalik raqibalarini 22:8 hisobida mag‘lub etib, guruhda yakka peshqadamga aylandi.  

Gandbolchi qizlarimiz guruhdagi so‘nggi uchrashuvni Fransiyaning yana bir jamoasi “Volenseiennes Handball”ga qarshi o‘tkazdi. 2008-2009 yillarda tug‘ilgan gandbolchilardan tashkil topgan terma jamoamiz fransuzlarni 24:17 ko‘rinishida dog‘da qoldirdi.  

O‘z guruhida Braziliya terma jamoasini 32:14, “Dole-Choussin”ni 22:8, “Volenseiennes Handball”ni 24:17 hisobida yenggan O‘zbekiston qizlar terma jamoasi “Paris World Games”dagi muvaffaqiyatli odimni davom ettirmoqda.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA