Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston va Fransiya TIV rahbarlari ikki mamlakat o'rtasidagi strategik sheriklikning mustahkam va tobora rivojlanib borayotgan ruhini tasdiqladilar - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

O'zbekiston va Fransiya TIV rahbarlari ikki mamlakat o'rtasidagi strategik sheriklikning mustahkam va tobora rivojlanib borayotgan ruhini tasdiqladilar



O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Parijda Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan uchrashdi.

"Parijda Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro janoblari bilan samarali va mazmunli uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muloqotimiz O'zbekiston va Fransiya strategik sherikligining mustahkam va tobora rivojlanib borayotgan ruhini yana bir bor tasdiqladi. Savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, ta'lim, barqaror rivojlanish va boshqa muhim yo'nalishlarda hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish masalalariga e'tibor qaratdik.

Shuningdek, mintaqaviy va global jarayonlar yuzasidan fikr almashdik hamda o'zaro ustuvor yo'nalishlarimizni ikki va ko'p tomonlama doiralarda amaliy natijalarga aylantirish maqsadida faol va istiqbolli muloqotni davom ettirishga kelishib oldik".