Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya delegatsiyasini qabul qildi - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya delegatsiyasini qabul qildi



O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Transkaspiy transport yo'lagi bo'yicha investorlar forumida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Fransiya transport vaziri Filipp Tabaroni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston yetakchisiga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Joriy yil mart oyida Parijga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali O'zbekiston va Fransiya o'rtasidagi strategik sheriklik, ayniqsa, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda fuqarolik aviatsiyasida aloqalarni kengaytirish, transport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shu jumladan, yaqinda tashkil etilgan O'zbekiston – Fransiya universiteti imkoniyatlaridan foydalanishga alohida e'tibor qaratildi.