Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Doha forumi doirasida Markaziy va Janubiy Osiyoning ozaro bogliqligi boyicha Termiz muloqotiga bagishlangan sessiya bolib otadi - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

Doha forumi doirasida Markaziy va Janubiy Osiyoning ozaro bogliqligi boyicha Termiz muloqotiga bagishlangan sessiya bolib otadi



2025-yil 7-dekabrda har yili otkaziladigan Doha forumida Markaziy va Janubiy Osiyo ortasidagi ozaro bogliqlik boyicha Termiz muloqotiga bagishlangan alohida sessiya bolib otadi. Ushbu sessiya "Mintaqaviy bog’li qlik orqali Afg‘onistonni qayta tiklash: Termiz muloqoti" shiori ostida o’tkaziladi.

Tadbir Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan Qatardagi Jorjtaun universiteti filialining Xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

2025-yil may oyida Termiz shahrida boshlangan Termiz muloqoti Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 2022-yil 11-iyuldagi maxsus rezolyutsiyasi bilan qollab-quvvatlangan Markaziy va Janubiy Osiyo ortasidagi ozaro bogliqlikni mustahkamlash tashabbusini amaliy ilgari surish uchun doimiy platformadir.

Bugun chuqur geosiyosiy ozgarishlar sharoitida Markaziy va Janubiy Osiyo ortasidagi tarixiy aloqalarni qayta tiklash zaruratga aylanmoqda. Ozaro bogliqlik, hamkorlik, muloqot va ishonch strategik muhim makromintaqada xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlashning muhim shartidir.

Afgʻoniston bu jarayonlarda alohida oʻrin tutadi. Geografik joylashuvi tufayli mamlakat ikki mintaqa oʻrtasida tabiiy koʻprik vazifasini bajaradi. Pragmatik hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va Afgʻonistonning mintaqalararo jarayonlarda ishtiroki Markaziy va Janubiy Osiyoda uzoq muddatli barqarorlik va tinch rivojlanishni taʼminlashda hal qiluvchi omillar sifatida qaraladi.

Ayni shu masalalar bo'lajak sessiya kun tartibining markazida bo'ladi. Ishtirokchilar Afg'onistonning transmintaqaviy aloqani ta'minlashdagi rolini, shuningdek, kengroq mintaqaviy kontekstda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha amaliy qadamlarni muhokama qiladilar.
Sessiyani Qatardagi Jorjtaun universitetining Xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlar markazi direktori Zahra Babar olib boradi.

Muhokamada quyidagilar ishtirok etadi:
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev;
– SMTI direktori Eldor Aripov;
– Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori Abdul Hay Qanit;
– Qatar tashqi ishlar vazirining maxsus vakili Faysal Abdullah Al-Hanzab;
 Qatardagi Jorjtaun universiteti tarix professori Valid Ziad
.
Eslatib o'tamiz, Doha forumi 2002-yildan beri Qatar hukumati ko'magida o'tkazib kelinmoqda va dolzarb global muammolarni muhokama qilish uchun hurmatli platforma hisoblanadi. 2025-yilda forum "Adolat amalda: vadalardan taraqqiyot sari" mavzusida bolib otadi.

Unda AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaqin Sharq, Hindiston, Pokiston, Xitoy, Yaponiya va Koreyaning yetakchi tahlil markazlari rahbariyati va mutaxassislari, jami 150 ga yaqin davlatdan 8 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

“Dunyo” AA