Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Ijtimoiy himoya sohasida O‘zbekiston­–Fransiya hamkorligi kengaytiriladi - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

Ijtimoiy himoya sohasida O‘zbekiston­–Fransiya hamkorligi kengaytiriladi



Elchixona ko‘magida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi hamda Fransiya Bosh vaziri huzuridagi Nogironlik masalalari bo‘yicha idoralararo qo‘mita kotibiyat vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish, ularni ish bilan ta’minlash, ta’limga jalb etish hamda bu borada ikki davlat o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni mehnat bozoriga integratsiya qilish, sohadagi qonunchilik va institusional mexanizmlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Fransuz tomoni ushbu yo‘nalishda yaqin hamkorlik qilishga va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ekspertlar darajasida muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirish, Anglashuv memorandumini ishlab chiqish hamda amaliy tajriba almashish maqsadida o‘zaro tashriflarni tashkil etishga kelishildi.