
Musobaqaning ochilish marosimida yurtimizning Fransiyadagi elchisi Nodir Ganiev hamda Yevropa kurash konfederatsiyasi prezidenti Janob Merampi Iliadislar so’zga chiqib mazkur turnir yildan-yilga nufuzi va geografiyasi kengayib, dunyoning eng kuchlilarini o’ziga rom etib kelayotganini ta’kidladi.
Jumladan, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan sport, jumladan kurashga berilayotgan e’tibor va yaratilgan beqiyos sharoitlar sabab bugun milliy sportimiz tom ma’noda o’zbekistonlik hamda xorijlik sportchilar uchun bellashuvlar, halollik, intizom, epchillik kabi yuksak hislatlarning in’ikosi bo’lgan kurashni yangi cho’qqilarni zabt etishi uchun asos bo’layotganligi ham e’tirof etildi.
Mazkur nufuzli musobaqa davomida Fransiyada yashab kelayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida milliy qadriyatlarimiz va O‘zbekistonning turistik salohiyatini keng namoyon va targ‘ib qilish maqsadida o‘zbek milliy hunarmandlari, oshpazlarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda o‘zbek san'atkorlari tomonidan kontsert dasturlari namoyish etildi.



.jpg)



