
Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda mamlakatimiz yetakchisini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Ertaga, 15-oktabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi.
Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

