Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Özbekiston bayroği: Milliy ramz, xalqaro eʼtirof, çeksiz imkoniyat - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

Özbekiston bayroği: Milliy ramz, xalqaro eʼtirof, çeksiz imkoniyat



Dunyo xaritasida har bir davlatning öz örni, xalqaro maydonda esa öz ovozi bor. Bu ovoz diplomatik muzokaralarda, xalqaro taşkilotlar minbarlarida, sport musobaqalari va ilmiy anjumanlarda namoyon böladi. Ana şu jarayonlarda mamlakatni tanitadigan eng muhim ramzlardan biri davlat bayroğidir.

Özbekiston bayroği ham bugun turli qitʼalarda, xalqaro uçraşuvlar va nufuzli tadbirlarda mamlakatimiz nomini namoyon etmoqda. Xalqaro maydonda tuğimiz kötarilişi ortida mustaqil davlat sifatida tan olinganlik, milliy manfaatlarni himoya qiliş, hamkorlik aloqalarini kengaytiriş va erişilayotgan yutuqlar mujassam. Sportçining ğalabasi çoğida, diplomatik uçraşuvlar zalida yoki xalqaro taşkilotlar qarorgohida hilpirayotgan bayroğimiz bir haqiqatni eslatadi: Özbekiston – jahon hamjamiyatining teng huquqli aʼzosi, öz taraqqiyot yöli va xalqaro maqsadlariga ega davlat.

1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi qonun mamlakatimiz davlat mustaqilligi tarixidagi muhim huquqiy hujjatlardan biridir. Bayroq davlat suvereniteti ramzi sifatida belgilangan. Qonunda bayroq xalqaro munosabatlarda Özbekiston Respublikasini ifoda etişi alohida qayd etilgan. Demak, bayroqning vazifasi faqat milliy marosimlar yoki bayramlar bilan çeklanmay, mamlakatning xalqaro maydondagi rasmiy qiyofasini ham ifodalaydi.

Xalqaro minbarlardagi milliy timsol

Özbekiston davlat bayroğining xalqaro maydondagi tarixini mamlakatimiz mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatiga qöşilişi jarayonidan ayro tasavvur etib bölmaydi.

1992-yil 2-mart kuni Özbekiston Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga tölaqonli aʼzo böldi. Şu kuni Nyu-Yorkdagi BMT qarorgohi oldida mamlakatimiz bayroği kötarildi. Bu voqea mustaqil Özbekistonning xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilişi va global muloqot maydonida öz örniga ega bölişi yölidagi muhim bosqiçdir.

Bugun BMT minbaridan turib bildirilayotgan taşabbuslar, xalqaro konferensiyalardagi iştirok, köp tomonlama muzokaralar va turli tuzilmalar doirasidagi hamkorlik Özbekiston taşqi siyosatining muhim yönalişlarini belgilaydi. Mamlakatimiz mintaqaviy barqarorlik, tinçlik, yaxşi qöşniçilik, ekologik muammolarni hal etiş, transport boğliqligi va barqaror taraqqiyot masalalarida öz qaraşlari hamda takliflarini ilgari surmoqda.

Bunday jarayonlarda davlat bayroği şunçaki ramz emas, balki muzokaralarda iştirok etayotgan tomonning mustaqil davlat ekani, öz milliy manfaatlari va qarorlariga ega subʼekt sifatida qatnaşişini anglatadi.

Şu nuqtai nazardan Özbekistonning Şanxay hamkorlik taşkiloti, Turkiy davlatlar taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti va boşqa mintaqaviy hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi iştiroki muhim ahamiyatga ega. Bu maydonlarda bayroğimiz bilan birga mamlakatimizning siyosiy pozitsiyasi, iqtisodiy salohiyati va hamkorlikka tayyorligi ham namoyon böladi.

Xalqaro munosabatlarda davlatning nufuzi faqat rasmiy iştirok soni yoki diplomatik aloqalari bilan ölçanmaydi. Ilgari surilayotgan taşabbuslarning amaliy natijasi, şeriklar bilan işonçli munosabat örnatiş va umumiy muammolar yeçimiga qöşilayotgan hissa ham muhim mezon hisoblanadi. Demak, xalqaro maydonda bayroq kötarilişi faqat eʼtirof emas, balki mamlakat zimmasiga yuklanadigan masʼuliyatning ham ifodasidir.

Ğalabalar ortidagi bayroq

Davlat bayroğining eng taʼsirçan namoyon böladigan manzillaridan biri – xalqaro sport arenalari. Musobaqada sportçi natija uçun kuraşadi, uning ğalabasi ortida esa butun mamlakatning quvonçi, işonçi va iftixori turadi. Medal taqiş marosimida bayroq kötarilişi esa beqiyos tuyğularni bir nuqtada jamlaydi.

Parijda ötgan 2024-yilgi yozgi Olimpiya öyinlari bu borada Özbekiston sporti tarixida alohida sahifa oçgan. Milliy terma jamoamiz 8 oltin, 2 kumuş va 3 bronza medalni qölga kiritib, umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 13-örinni egallagan. Bu mustaqil Özbekistonning Olimpiya öyinlaridagi eng yaxşi natijasidir.

Mazkur muvaffaqiyatning yana bir muhim jihati şundaki, dzyudoçi Diyora Keldiyorova Özbekiston tarixida yozgi Olimpiya öyinlarida oltin medal qölga kiritgan ilk ayol sportçiga aylandi. Boksçilarimiz esa beş oltin medal bilan uşbu sport turida jamoaviy hisobda birinçi örinni egalladi.

Bu natijalar faqat statistika emas, Özbekistonning xalqaro maydondagi salohiyati, sport maktablari va yoş avlod imkoniyatlarini ham körsatdi. Eng muhimi, Parij arenalarida kötarilgan bayroğimiz orqali mamlakatimiz nomi dunyoning millionlab muxlislariga yana bir bor tanildi.

Bunday eʼtirof faqat Olimpiya öyinlari bilan çeklanmaydi. Sportçilarimizning xalqaro çempionatlar, qitʼa musobaqalari va yoşlar bellaşuvlaridagi iştiroki ham mamlakat imijini şakllantirmoqda. Har bir ğalaba ortida maşğulot, intizom, murabbiy mehnati, köp yillik tayyorgarlik bor. Şu bois bayroq baland kötarilişi, avvalo, inson salohiyatining xalqaro eʼtirofidir.

Ilm-fan va taʼlim sohasidagi yutuqlar ham xuddi şunday ahamiyatga ega. Masalan, 2025-yil Dubayda ötkazilgan 57-xalqaro kimyo olimpiadasida Özbekiston terma jamoasi ikkitadan oltin va kumuş medalni qölga kiritdi. 2026-yil Nukusda taşkil etilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasida esa özbekistonlik iştirokçilar jami 16 – 4 oltin, 6 kumuş va 6 bronza medalga sazovor böldi.

Bunday natijalar mamlakatimizda ilmga qiziqqan yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning qobiliyatini xalqaro darajada namoyon etiş uçun şaroit yaratiş muhimligini körsatadi. Sport maydonidagi çempionlar qatorida fan olimpiadalari ğoliblari ham Özbekiston nomini dunyoga tanitmoqda.

Bayroq ortidagi mamlakat: xalqaro imij va yangi imkoniyatlar

Bugun davlatning xalqaro maydondagi qiyofasi faqat siyosiy munosabatlar yoki rasmiy uçraşuvlar bilan belgilanmaydi. Iqtisodiyot, investitsiya, turizm, madaniyat, taʼlim va texnologik taraqqiyot ham mamlakatning dunyoda qanday qabul qilinişiga taʼsir körsatadi. Masalan, xalqaro körgazmalarda taqdim etilayotgan milliy mahsulotlar, xorijiy bozorlarga çiqarilayotgan tovarlar, sayyohlarni jalb etayotgan tarixiy şaharlar va madaniy meros namunalari Özbekiston haqidagi tasavvurni boyitadi. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy şaharlarimiz nafaqat tarixiy obidalari, balki bugungi zamonaviy taraqqiyot bilan uyğunlaşib borayotgan muhiti orqali ham xalqaro eʼtiborni jalb etmoqda.

Iqtisodiy imkoniyatlar ham mamlakatning xalqaro imijida muhim örin tutadi. Xorijiy investorlar bilan hamkorlik, sanoat loyihalari, eksport geografiyasi kengayişi va transport-logistika aloqalari rivojlanişi Özbekistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlardagi iştirokini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.

Milliy madaniyatni dunyoga tanitiş ham ayni jarayonning muhim qismi. Maqom sanʼati, milliy hunarmandlik, adabiyot, kino va gastronomiya orqali xalqimizning boy merosi xalqaro auditoriyaga yetkazilmoqda. Bu esa Özbekistonni faqat geografik hudud yoki iqtisodiy hamkor sifatida emas, balki öziga xos tarix, qadriyatlar va ijodiy salohiyatga ega mamlakat sifatida anglaş imkonini beradi.

Albatta, mamlakatning barça yutuqlarini özida jamlagan ramz bölsa-da, davlat bayroğining xalqaro maydondagi qadri amaliy işlar bilan mustahkamlanadi. Bayroq ostida faoliyat yuritayotgan diplomatlar, öz sohasida muvaffaqiyatga erişayotgan mutaxassislar, jahon arenalarida ğolib bölayotgan sportçilar, ilm-fan va madaniyat vakillari mamlakat obrösini şakllantirişga hissa qöşadi. Şu maʼnoda davlat bayroğiga hurmat faqat tuğni baland kötariş yoki tantanali marosimlarda namoyon etiş bilan çeklanmaydi. Bu – mamlakat manfaatlarini munosib himoya qiliş, öz kasbida yuqori natijalarga erişiş, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş va Özbekiston nomiga munosib böliş masʼuliyati hamdir.

18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun bizga ana şu haqiqatni yana bir bor eslatadi. Bayroğimizdagi ranglar va ramzlar xalqimizning tarixiy xotirasi, buguni va kelajakka intilişini mujassam etgan. Bayroğimiz xalqaro maydonda kötarilişi esa mustaqil davlat sifatidagi örnimiz, erişgan yutuqlarimiz va oldimizda turgan maqsadlarimizni namoyon etadi.

Zero, bayroqning qadri faqat baland kötarilgani emas, balki vakillarimizning dunyodagi örni, sözi va amaliy işlari bilan ham belgilanadi.

Musulmon Ziyo, ÖzA