
24 avgust kuni O'zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Baxtiyor Saidov «Caissa Tourism Group» sayyohlik kompaniyasi prezidenti Chen Syaobinni qabul qildi. Tomonlar xitoylik sayyohlarga xizmat ko'rsatadigan sayrbonlar tayyorlash, Xitoy sayyohlik bozorida O'zbekiston turmahsulotini targ'ib qilish, respublikamiz sayyohlik salohiyatini ilgari surish uchun Xitoy telekanallarini jalb etish masalalarini muhokama etdilar. Ma'lumot uchun: mazkur kompaniyaga 1993 yili Gamburgda asos solingan. 1996 yili kompaniyaning Pekinda vakolatxonasi ochilgan. 2011 yili Xaynan aviakompaniyasi aktsiyalar asosiy paketini sotib olgan. Kompaniyaning Xitoyda 50 bo'linmasi va xorijda (Parij, Gamburg, Myunxen, London va Los-Andjelesda) 5 ta vakolatxonasi bor.