Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Parijda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

Parijda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi



O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Elchixonasida bo‘lib o‘tgan tantanali qabulda Fransiyaning siyosiy, ishbilarmon, akademik, madaniy va media doiralari vakillari, diplomatik korpus a’zolari hamda vatandoshlarimiz ishtirok etdi.

Tadbir doirasida «Orano» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi, «MEDEF International» huzuridagi Fransiya-O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi raisi Klod Imoven (Claude Imauven) O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.